O‘zbekistonda bolalar ovqatlarida GMO bo‘lishi taqiqlanadi

Jamiyat 11:24 / 22.02.2016 6553

O‘zbekistonda “Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunga bolalar ovqatlarida GMO qo‘llashni taqiqlovchi qo‘shimcha kiritish rejalashtirilmoqda.

"Bundan tashqari, rejada GMO (genetik modifikatsiyalangan organizm, yoki irsiy o‘zgartirilgan organizm deb ham ataladi) saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish va tarqatishni huquqiy cheklash ham nazarda tutilgan", deb xabar beradi gazeta.uz sayti.

Qonunga kiritiladigan tegishli qo‘shimchalarni tayyorlash O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov tomonidan 9 fevral kuni tasdiqlangan 2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi asosida amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: