O‘zbek olimlari obektlar tasvirini identifikatsiyalash uchun dastur ishlab chiqishdi

Jamiyat 16:14 / 22.02.2016 4509

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dasturchilari obektlar tasvirini identifikatsiyalash uchun dastur -UZ ni ishlab chiqishdi.

Dastur solishtirilayotgan obektlar tasvirini tanib olish va ularning o‘xshashligini aniqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib IIV va maxsus oliy o‘quv muassasalarida qo‘llaniladi.

Dasturning ma'lumotlar bazasidan tasvirning identifikatsiya belgilarini aniqlash, ularni kuzatilayotgan obekt bilan solishtirishni va o‘xshashligini aniqlash, tasvir ichidagi obektning identifikatsiya belgilarini tanib olish hamda hatto bir nuqtani aniqlash yo‘li bilan topishdan iborat.

Shuningdek, uzatilayotgan obekt bilan solishtirish va o‘xshashligini aniqlash. Tasvir o‘xshashligini aniqlash ehtimoli - 100 foiz, obektdagi berilgan aniq belgilarni va tasvirlarni solishtirishni normallashtirish kabi funksional imkoniyatlari mavjud.

Mualliflar jamoasi - Muhitdinov Hakim, Turapov Ulug‘bek, Mallayev Oybek, Nurjanov Furqatbek va Abdukarimov Sirojiddinga ushbu dastur uchun № DGU 03428 raqamli guvohnoma berildi.

Ko‘proq yangiliklar: