Liviya qirg‘oqlari yaqinida, Sarbat shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda bortida IShID jangarilari bo‘lgan qayiq aviazarbalarga uchradi. Bu haqda "Al-Arabiya" telekanali ma'lum qildi. Hujum kim tomonidan berilgani aytilmagan.
19 fevralda AQSh harbiy-havo kuchlari O‘rta Yer dengizi sohilida joylashgan Sarbatdagi IShID lageriga zarba bergandi. Buning oqibatida 50 ga yaqin odam, jumladan 2015 yil noyabrda jangarilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Serbiyaning Liviyadagi elchixonasining 2 xodimi ham halok bo‘lgan.
Pentagonda bu hujumlar o‘tkazilgani tasdiqlangan. Ta'kidlanishicha, bu hujumdan maqsad tunislik nufuzli jangarilardan biri, Tunisdagi ikkita yirik teraktga aloqador bo‘lgan Nuriddin Shushanni yo‘q qilish bo‘lgan.