Nyu-Dehli aholisi norozilik namoyishlari sababli suvsiz qolib ketdi

Jahon 00:22 / 22.02.2016 5037

Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida norozilik namoyishchilari suvni tozalash tizimini yaroqsiz holga keltirishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Oqibatda shahar hokimiyati maktablarning yopilishini e'lon qildi, shuningdek, ba'zi xususiy korxonalar ishi to‘xtatib qo‘yildi. Shaharning katta qismi suvsiz qolib ketgan.

Namoyishchilar bir nechta temir yo‘l stansiyalarini yoqib yuborgan va yo‘llardagi harakatlanishni to‘sib qo‘ygan.

Nyu-Dehlidan 70 km uzoqlikda joylashgan Ro‘xtak shahrida noroziliklar jat etnik guruhi vakillari Hindiston rahbariyatidan ta'lim olish va mehnat bozorida hammaga bir xil imkoniyatni berishni talab qilganlaridan keyin boshlangan.

Ko‘proq yangiliklar: