Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklarini o‘rganish ilmiy tekshirish instituti mutaxassislari Sputnik muxbiriga bergan intervyusida o‘zbekistonlik 3 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 86 foizida kariyes kasali bor ekanini aytishgan.
Institut mutaxassislarining fikricha, bolalar tish kasalliklarining asosiy sababi – irsiyat, noto‘g‘ri ovqatlanish, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik va ba'zi hududlardagi ekologik vaziyatdir.
“Agar biz bergan maslahatlarga to‘liq amal qilinsa, kariyes muammosini hal qilish mumkin. Sog‘lom ona va sog‘lom bola yilida ushbu yo‘nalishdagi faoliyatimizni kuchaytiramiz. Aslida, kariyes bu – kalla suyagining chirishidir, shuning uchun muammoga jiddiy qarashimiz kerak”, — dedi javob bergan ilmiy xodim.