Fevral oyi oxirigacha O‘zbekistonda havo harorati 28 darajagacha ko‘tarilishi ma'lum qilindi

O‘zbekiston 14:54 / 22.02.2016 8531

24-25 fevral kunlari O‘zbekistonning ba'zi hududlarida harorat 28 darajagacha ko‘tariladi.

Gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra, 24-25 fevral kunlari Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 7-13 daraja iliq va kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Ba'zi joylarda harorat +28 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkentda kechasi 5-10, kunduzi – 18-23 daraja (ayrim joylarida +25 darajagacha) iliq bo‘lishi kutiladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Harorat kechasi – 0-5, kunduzi – 10-15 darajagacha isiydi.

Ko‘proq yangiliklar: