Britaniyadagi MasterCard to‘lov tizimi to‘lovlarni amalga oshirishni selfi orqali tasdiqlash tizimini yo‘lga qo‘yadi.
Bu jarayon mobil telefonlar orqali to‘lovlar amalga oshirilganda shaxsni tasdiqlash tizimini mukammallashtirish maqsadida ishlab chiqildi, xabar beradi Financial Times.
Bundan tashqari, MasterCard mijozlari barmoq izlari yordamida ham shaxslrini tasdiqlab, to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Mazkur texnologiyadan AQSh va Niderlandiyada foydalanishni boshlashgan.