«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Lui van Gaal Angliya Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Shryusberi» klubiga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirar ekan, manchesterliklar yana raqiblarga qo‘rquv soladigan jamoaga aylanishi kerakligini aytib o‘tdi.
«Agar so‘nggi ikkita o‘yindan kelib chiqib xulosa qilsak, raqiblar bizdan qo‘rqmay qo‘yishganga o‘xshamoqda. Ammo biz ularni yana bizdan qo‘rqishga majburlashimiz kerak.
O‘tgan mavsumda «MYu» debyut o‘yinida «Suonsi»ga yutqazib qo‘ygandik. Lekin keyin ajoyib o‘yinlar seriyasini namoyish eta oldik. Biz buni takrorlay olamiz. Bizga yana g‘alabali o‘yinlar seriyasi kerak.
Men bu haqida futbolchilarimga aytib o‘tdim. Mag‘lubiyatli o‘yinlar seriyasini davom ettirishga rozi bo‘la olmaymiz», deydi van Gaal.