LG o‘zining yangi G5 smartfonini taqdim etdi

Fan-texnika 08:32 / 22.02.2016 5525

Janubiy Koreyaning LG Electronics kompaniyasi o‘zining bu yilgi yangi flagman G5 smartfonini namoyish qildi.

Yangi qurilma atroflari yumaloqlangan metal korpusga ega bo‘lib, surilib chiquvchi akkumulyator va modul konstruksiyasiga ega. Bu modullar qurilmaning imkoniyatlarini yangi darajaga olib chiqadi.

Bundan tashqari, kompaniya yangi LG G5 flagmanni raqamli kamera va Hi-Fi pleyerga aylantiruvchi “do‘stlar” bilan birga ta'minladi. Kompaniya bu modullarni LG Friends deb nomladi.

Surilib chiquvchi konstruksiya akkumulyatorning quvvati qolmaganda tezda uni yangisiga almashtirib olishga qulaylik yaratadi. Shuningdek, LG G5 yangi ikkita modulli kameralarga ega bo‘lib, birichisi standart (78-gradus) va ikkinchisi keng burchakli (135-gradus) rejimda suratlar olish imkonini beradi. Ikkinchidan, yangilik 3D Arc oynasi bilan qoplangan Quad HD IPS Quantum 5.3 dyuymli «Always-on» (Har doim yoqilgan) vazifasiga ega bo‘lgan displeyi bilan jihozlangan..

LG CAM Plus moduli LG G5ning akkumulyator bo‘linmasiga joylashtirib, uni qulay raqamli kameraga aylantiradi. Bu modul foydalanuvchiga uni qulay ushlab turishga va kameraning qo‘shimcha boshqaruv tugmalarini ishlatishga imkon beradi. Bundan tashqari bu modul qurilmani qo‘shimcha 1200 mA/s akkumulyator bilan ta'minlaydi.

LG Hi-Fi Plus moduli B&O PLAY kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan bo‘lib, qurilmani Hi-Fi pleyerga aylantirib qo‘yadi. Bu pleyer yuqori sifatli 32-bitlik 384 kGts HD audioni chiqarib bera oladi. Qizig‘i shundaki, bu modulni boshqa smartfon va kompyuterlarga ulash mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: