Italiya bosh vaziri: “yettilik” sammiti 2017 yilda Florentsiyada bo‘lib o‘tadi

Jahon 17:32 / 22.02.2016 1802

Italiya rahbarligidagi G7 sammiti 2017 yil Florentsiyada bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi chet ellik jurnalistlar uchun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida e'lon qildi, xabar beradi TASS.
Unga qadar G7 mamlakatlarining bir nechtasida davlat rahbarligiga saylovlar nihoyasiga yetgan bo‘ladi.

Rentsi Florentsiya shaharlarining birida tug‘ilgan, ikki yil avval hukumatni boshqarishni boshlagunga qadar shu shaharning meri mansabida bo‘lgan.
Yettilik guruhi (angl. Group of seven, G7) – Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya va Yaponiyani birlashtiruvchi xalqaro klub. Shu mamlakatlar liderlarining norasmiy forumi (Yevropa komissiyasi ishtrokida) ham xuddi shunday nom bilan ataladi. Bu forumda xalqaro dolzarb muammolarga yondoshuvlar kelishib olinadi. E'lon qilinmagan qoida bo‘yicha, guruh sammiti har yili a'zo mamlakatlarda navbatma navbat o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: