Isroil amerika neftini sotib olishni boshladi

Jahon 19:27 / 22.02.2016 2991

Shveytsariyaning Trafigura treyderi yaqin haftalarda birinchi 700 ming amerika neftini Isroilga yetkazib beradi, deb xabar bermoqda RNS nashri.

Ta'kidlanishicha, bu AQShning to‘lib ketgan neft omborlarini bo‘shatishga va 12 yillik minimum darajaga arzonlashib ketgan WTI nefti savdolariga bosimni kamaytirishga imkon beradi.

Avvalroq AQShda neft eksport qilishga 40 yil davom etgan taqiqlovning bekor qilinishini qo‘llab-quvvatlagan kompaniya va siyosatchilar amerika neftining sotilishi Isroil va AQShning Yevropadagi ittifoqchilariga OPeK va Rossiyadan kamroq tobe bo‘lishga yordam berishini aytgandilar.

Trafigura kompaniyasi neft departamenti boshlig‘i Ben Lukkokning aytishicha, ayni vaqtda WTI neftini mart shartnomalari bo‘yicha Yevropa va Isroilga sotish nafliroqdir.

Ko‘proq yangiliklar: