Argentina prezidenti Maurisio Makrining Instagram’dagi sahifasini 580 mingdan ortiq kishi kuzatib boradi.
Maurisio Makri bor-yo‘g‘i ikki yarim oy avval Argentina prezidentligi taxtiga o‘tirdi. Lekin allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlik borasida Lotin Amerikasidagi hamkasblaridan o‘zib ketgan.
Ayni paytda uning Instagram’dagi sahifasini 580 mingdan ortiq odam kuzatib boradi. Unga yaqinroq “raqiblar” – Meksika prezidenti Enrike Penya Neto va Braziliya prezidenti Dilma Russeff, ularning har birining 178 mingtadan kuzatuvchisi bor.
Tahlilchilarning tadqiqotlariga ko‘ra, Instagram ijtimoiy tarmog‘i so‘nggi yillarda butun dunyo siyosatchi va diplomatlari o‘rtasida ommalashib ketdi. 136 mamlakatlarning prezidentlari, bosh vazirlari va tashqi ishlar vazirlarining ushbu ijtimoiy tarmoqda rasmiy sahifalari mavjud.
Ayni paytda AQSh prezidenti Barak Obama – kuzatuvchilari eng ko‘p siyosiy rahbarlar ro‘yxatining eng boshida turibdi, uning Instagram’dagi suratlarini 6 milliondan ortiq odam kuzatadi. Ikkinchi o‘rinni RF bosh vaziri – Dmitriy Medvedev (2 milliondan ortiq kuzatuvchi) egallagan. Keyingi qatorda esa ularning hind hamkasbi Narendra Modi (1,7 million kuzatuvchi) turibdi.