Huquqni muhofaza qilish organlariga kurer jo‘natmalarini tekshirish huquqi beriladi

O‘zbekiston 19:38 / 22.02.2016 6240

2016 yilda O‘zbekistonning “Tezkor qidiruv faoliyati haqida”gi qonuniga tegishli o‘zgarishlar kiritilib, huquqni saqlash organlariga kurer jo‘natmalarini tekshirish huquqi beriladi, deyilgan dushanba kuni e'lon qilingan hukumat qarorida, deb yozadi Sputnik Uzbekistan nashri.

Qarorda 2016 yilda “Tezkor qidiruv faoliyati haqida”gi qonuniga kiritilishi va lozim bo‘lgan tegishli o‘zgarishlar loyihasi ham tasdiqlangan.

Amaldagi qonunga ko‘ra, tezkor-qidiruv faoliyati doirasida faqat pochta jo‘natmalari tekshirilishi mumkin. “Hozirgi kunda O‘zbekistonda xususiy jo‘natmalar hajmi umumiy jo‘natmalarning 85%ni tashkil qiladi. Pochta jo‘natmalari hajmi esa yildan yilga kamayib bormoqda”, — deyilgan qarorda.

Ma'lumot o‘rnida: Oxirgi uch yil davomida O‘zbekistonda pochta-kurer xizmatlari orqali internet magazinlardan tovarlar sotib olish ommaviylashib bormoqda. Hozirgi kunda 30 pochta-kurer xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniyalar ro‘yxatdan o‘tgan. Ushbu yo‘l bilan sotib olingan tovarlar oboroti turli hisoblarga ko‘ra 20 — 50 millionni dollarni tashkil qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: