FQB raisi: Apple’ga qo‘yilgan talab boshqa mijozlarning xavfsizligiga tahdid qilmaydi

Jamiyat 17:07 / 22.02.2016 2427

Federal qidiruv byurosi direktori Jyeyms Komi San-Bernardinolik mergan Said Farukning smartfonini buzish haqida Apple’ga qo‘yilgan talab bundan ortiq global maqsadlarni nazarda tutmasligini bildirdi.

“Biz kimningdir himoyasini buzmoqchi yoki qulf kalitini ommalashtirmoqchi emasmiz”, -dedi Komi.
U milliy xavfsizlikka oid xayotiy muhim ma'lumotlar “kundalik ehtiyoj mahsulotlari bilan savdo qiluvchi” xususiy korporatsiyalarning qo‘lida saqlanishi noto‘g‘riligini ham bildirdi.

Avvalroq, Kaliforniya sudi Apple kompaniyasiga San-Bernardinolik terroristning mobil telefoni qulfini yechishda yordam berishni buyurgandi. Tim Kuk Federal organlarning talabini bajarishdan bosh tortgan. Kukning fikricha, bu keyinchalik boshqa qurilmalarning xavfsizligiga ham daxl qilishi mumkin. 

Kaliforniya shtatining San-Bernardino shahrida imkoniyatlari cheklanganlarlar markazi hududida dekabrda sodir bo‘lgan otishmada 14 kishi halok bo‘lgan va 17 kishi yarador bo‘lgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: