Motosikl mingan noma'lum shaxslar Filippinning Esparansa shahrida o‘tayotgan karnaval paytida odamlar to‘planib turgan hududga granatalar tashlashgan.
"Voqea natijasida olti yoshli bola vafot etgan va 38 kishi jarohatlangan", xabar beradi RIA "Novosti".
Jabr ko‘rganlardan birining ahvoli og‘irligi aytilgan.
Politsiya fojia sabablarini o‘rganmoqda.
2015 yilning fevral oyida Gaiti poytaxti Port-o-Prensda karnaval ishtirokchilari bo‘lgan platforma elektrotarmog‘ining buzilishi natijasida 18 kishi halok bo‘lgan edi.