Facebook ijtimoiy tarmoqlarda virtual reallikni ommalashtirish bo‘yicha yangi bo‘lim ochdi

Fan-texnika 15:13 / 22.02.2016 2663

Facebook kompaniyasida ijtimoiy tarmoqlarda virtual reallik (VR)ni ommalashtirish loyihasi bo‘yicha yangi bo‘lim ish boshladi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.

"Biz butun e'tiborini virtual reallikning kelajakda ijtimoiy tarmoqlar bilan o‘zaro ta'sirini o‘rganishga jalb qiladigan guruh yaratdik", - deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, bu guruh "VR kompyuter platformasiga tobora yaqin kirib borayotgan bir paytda, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hozirgi VR texnologiyalari orqali qanday muloqotga kirishishi"ni o‘rganadi.

Bundan tashqari, xabarda maxsus guruh Oculus va Facebook`ning boshqa guruhlari bilan tig‘iz hamkorlikda bo‘lishi ta'kidlangan.

Bundan oldinroq, Mark Tsukerberg Facebook`dagi o‘z sahifasida Samsung bilan hamkorlikdagi ishlari va virtual reallikning kelajagi haqida gapirib o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: