Hindistonning Dehli shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan xotin-qizlar o‘rtasidagi turnirda hamyurtimiz Sabina Sharipova bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi uza.uz.
Yakkalik bahslarida Sabina mezbon tennischi Sovyanya Bavisettini 6:2, 6:3, rossiyalik Veronika Kudermetovani 6:3, 6:0, Xitoy Taypeyi vakili Ya-Xsuan Lini 6:3, 6:3, hindistonlik Ankita Rainani 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi.
Hal qiluvchi bahsda serbiyalik Nina Stoyanovich ustidan 3:6, 6:2, 6:4 hisobida g‘alaba qozongan tennischimiz bosh sovrin hamda Xalqaro xotin-qizlar tennis uyushmasining 50 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.