Bosh kelishuv bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi uchtomonlama komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 12:38 / 22.02.2016 3682

2016 yilning 18 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 2014-2016 yillar uchun Bosh kelishuv bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi uchtomonlama komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rsatmalariga binoan Bosh kelishuv bajarilishida quyidagi ustuvorliklar belgilab olindi: xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berilishiga, aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik natijasida olinayotgan daromadlar ulushini tobora ortib borishiga erishish;

mehnatkashlarning turmush darajasini oshirishga, mehnat munosabatlari, mehnat muhofazasiga oid amaldagi qonunlar, qonunosti hujjatlarini takomillashtirishga hamda xayotga tatbiq etishga ko‘maklashish, yangi qonunlar va me'yoriy hujjatlar, shu jumladan mehnat sohasidagi xalqaro xujjatlarga doir takliflar loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish;

yoshlar, ayollarning ijtimoiy mavqeini oshirish, imkoniyatlarini kengaytirish ishlarida faol ishtirok etish, amaldagi qonunlarda ular uchun belgilangan imtiyozlar berilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish; ish beruvchilar tomonidan nogiron va aholining boshqa ijtimoiy zaif qatlamlari uchun band qilingan kvota ish o‘rinlarini maqsadli to‘liq band qilinishiga erishish; ish beruvchilar vakant ish o‘rinlari haqidagi ma'lumotlarni bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga muqarrar ravishda taqdim etishlarini ta'minlash;

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining har bir shahar va tumanda 25 tadan ish o‘rnini yaratish borasidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlash; sanatoriy va dam dam olish uylari, shuningdek bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari doimiy ravishda modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha tasdiqlangan reja parametrlari bajarilishini qat'iy ta'minlash; “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi doirasida yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlarni 2016 va keyingi yillarda davom ettirish; “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili” davlat dasturining bajarilishida faol ishtirok etish.

Muhokama yakunlariga ko‘ra, uchtomonlama komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: