Bashar Asad Suriya hududiga kirsa Turkiyani nima kutishi haqida ma'lum qildi

Jahon 18:34 / 22.02.2016 19966

Suriya prezidenti Bashar Asad Ispaniyadagi El Pais gazetasi uchun bergan intervyusida Turkiya va Saudiya Arabistoni o‘z mamlakati hududiga quruqlikdagi qo‘shinlarini kiritsa, ularga terrorchilar sifatida qaralishini aytib o‘tdi.

U bunday holatda o‘zida boshqa yo‘l qolmasligi, Suriya chegaralari himoya qilinishi uchun o‘zaro urush boshlanishini bildirgan.

O‘z navbatida, Bashar Asad muxolif kuchlar bilan tinchlik sulhi tuzishga roziligini, buning uchun ma'lum shartlari borligini qo‘shimcha qilgan. U o‘t ochishni to‘xtatish o‘z zarariga ishlamasligini istamoqda. Asad bu Turkiyaning hududdagi jangarilarni kuchaytirib yuborishiga olib kelishidan xavfsiramoqda.

Asadning aytishicha, muxolifatdagilar qurollarini topshirganidan keyingina ular bilan muzokara boshlashini ma'lum qilgan. U taslim bo‘lganlar afv etilishiga va'da bergan.

"Bu jarayon boshlangan. Oxirgi vaqtlarda tez-tez taslim bo‘lib, qurollarni topshirayotgan guruhlar qayd etilmoqda. Ular IShIDga qarshi kurashish uchun Suriya armiyasiga kelib qo‘shilishmoqda", deydi Asad.

Suriyada 2011 yildan buyon fuqarolik urushi davom etmoqda. Unda asosan 3ta tomon, Suriya hukumati, muxolif kuchlari va IShID jangarilari o‘zaro jang qilmoqda. Bu vaqt ichida yuz minglab kishilar urush qurboni bo‘ldi. 5 milliondan ortiq kishi qochqinga aylandi.

2016 yilning 16 fevralida Turkiya AQShni Suriya hududidagi IShIDga qarshi kurashish uchun quruqlikdagi harbiy amaliyotlarni boshlashga chaqirdi. Bunday harakatlarga Saudiya Arabistoni ham jalb etilishi haqida xabarlar chiqqan.

21 fevral kuni AQSh Davlat departamenti rahbari Jon Kerri Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muzokaralardan keyin yaqin vaqt ichida Suriyada o‘t ochish ishlari to‘xtatilishi, Suriya hukumati va muxolifat o‘rtasida sulh tuzilishiga erilishi haqida ma'lum qildi.

Kerri: Obama va Putin yaqin vaqt ichida Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishadi

Ko‘proq yangiliklar: