2016 yilning 17-21 fevral kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari o‘tkazildi. Mazkur qit'a chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi an'anaga ko‘ra har uchala sport turida ham g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Turnirning birinchi kunida yunon-rum kurashi bo‘yicha 5ta medallar jamlanmasi uchun bahslar o‘tkazildi. O‘zbekiston vakillari bu bahslarda 2ta medal olishdi: Dilshod Turdiyev (-75 kg) kumush, Aram Varlanyan (-66 kg) esa bronza medalga ega chiqdi.
Turnirning ikkinchi kunida ham yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslar davom etdi va O‘zbekiston vakillari yana 2ta kumush medal olishdi: Nurbek Xolmuxammatov (71 kg) va Muxammadali Shamsiddinov (85 kg).
Qayd etish kerakki O‘zbekiston termasining bu yo‘nalish bo‘yicha vakillari 8 nafar edi.
Erkin kurash va Ayollar kurashi bo‘yicha bahslarda medallar qo‘lga kiritilmadi.
Yakunda 22terma jamoa ishtirok etgan bu turnirda O‘zbekiston termasi 3ta kumush va bitta bronza medal bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi.