Angliyaning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Arsen Venger Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Messi, Suares va Neymar bir-birini aqlbovar qilmas darajada tushunadi. Ularda o‘ta yuqori darajadagi individual mahorat bor. Shunga qaramay, ular birgalikda o‘ynashni o‘rniga qo‘yib qo‘yishadi. Ularda sheriklik ruhiyati kuchli.
Ronalduning Messi penaltini kombinatsiyaga aylantirib, Suaresni to‘purar qilishmoqchi ekaniga ishora qilganidan ajablanish shart emas. O‘zining 300-golini qurbon qilib, to‘pni sherigiga tashlab berishning o‘zi ko‘p narsadan dalolat berib turibdi.
Messi, Suares va Neymar birgalikda o‘ynashdan zavq olishadi. Bir so‘z bilan aytganda bu ular uchun qiziqarli. Ularning yengil harakat qilayotganini ko‘rib hech qanday bosim sezishmayotganidan dalolat beradi.
Biz «Barselona»ga munosib qarshilik ko‘rsatish uchun bir butun jamoa bo‘lib yaxshi harakat qilishimiz zarur. Individual jihatdan ularni to‘xtatib qolish qiyin. Shunday ekan biz jamoaviy xatti-harakatlarni kuchaytirish orqali ularni to‘xtatish yo‘lini topishimiz kerak», – deya Vengerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» va «Barselona» ishtirokidagi dastlabki uchrashuv seshanba kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.