AQSh atom dasturi sababli Shimoliy Koreya bilan muzokaralar o‘tkazishni rad etdi

Jahon 09:18 / 22.02.2016 2426

AQSh Shimoliy Koreya yadroviy qurollarni rivojlantirish dasturini tugatishni rad etayotgani sababli Koreya yarimorolida ixtilofga barham berish bo‘yicha Shimoliy Koreya bilan muzokaralar o‘tkazishni rad etdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Agentlik ixtiyoriga Jon Kirbining maktubi tushib qoldi, unga ko‘ra tinchlik kelishuvini muhokama qilishni Shimoliy Koreya taklif qilgan.

"Biz ularning taklifini sinchkovlik bilan ko‘rib chiqdik va yadroviy qurolni yo‘q qilish har qanday bunday qarorning bir qismi ekanligini aniq anglashlarini aytdik. Shimoliy Koreya bizning javobga rozi bo‘lmadi", deb yozgan maktubda Kirbi.

Ko‘proq yangiliklar: