Aguero futbolchilik faoliyatining oxiriga qadar «Manchester Siti»da qolmoqchi

Sport 12:33 / 22.02.2016 1762

Angliyaning «Manchester Siti» klubi hujumchisi Serxio Aguero o‘ziga Ispaniyaning«Barselona» va «Real» jamoalari qiziqish bildirayotganiga qaramasdan klubni tark etish niyati yo‘qligini ma'lum qildi.

The Independent nashrining xabar berishicha, 27 yoshli argentinalik futbolchi «shaharliklar» rahbariyatiga «Siti»da faoliyatining oxiriga qadar qolishga tayyor ekanini ma'lum qilgan.

Gazetaga ko‘ra, Aguero yangi mavsumdan boshlab jamoani Xosep Gvardiola boshqarishidan xursand ekanini yashirmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Manchester Siti» Aguero bilan amaldagi shartnomasini 2020 yilga qadar uzaytirgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, «Kun» joriy mavsumda Angliya premer-ligasining 19 uchrashuvida maydonga chiqib 14ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: