Xiaomi kompaniyasi o‘z protsessorini yaratmoqda

Fan-texnika 21:30 / 21.02.2016 3479

OAVga Xiaomi kompaniyasining mobil protsessorlar bozoriga chiqishga tayyorlanayotgani ma'lum bo‘ldi. Xitoy kompaniyasi o‘z chiplarini qimmat bo‘lmagan telefonlarda ishlatmoqchi.

Reuters axborot agentligining xabardor manbaga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, 2016 yilning 2-yarmida Xiaomi o‘z protsessorlari bilan jihozlanadigan smartfonlarni chiqaradi. Gap RedMi Note seriyasidagi arzon va o‘rtamiyona narxlardagi qurilmalar haqida ketmoqda.

Agentlikning ma'lum qilishicha, Xiaomi joriy yilda qancha chip ishlab chiqarishi haqida ma'lumot yo‘q. Kompaniyaning o‘zida bu ma'lumotga izoh berilmadi.

Agentlikning ta'kidlashicha, Xiaomi chiplar jahon bozoriga chiqib, unda inqilob qilishi mumkin va Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchilari uchun protsessor yetkazib beruvchi eng yirik kompaniyalar bo‘lmish Qualcomm va MediaTek’ga raqobatchilik qilishi mumkin.

Gartner tahlilchilarining ma'lumotlariga ko‘ra, Xiaomi jahonning yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilari beshtaligiga kiradi. Kompaniya 2015 yilda 65,6 mln dona smartfon sotgan, bu jahon bo‘yicha sotilgan smartfonlar umumiy miqdorining 4,6 foizini tashkil qiladi. Keyingi haftada Xiaomi’ning yangi Mi 5 smartfoni taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bu smartfonda Qualcomm Snapdragon 820 protsessori ishlatilgani aytilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: