Turkiya bosh vaziri AQShni Suriyadagi kurdlarga qarshi kurashda turklarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Jahon 16:51 / 21.02.2016 2648

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li AQSh hukumatidan turkiyaliklarning Suriyadagi kurd jangarilariga qarshi kurashda zarur yordamlarni ko‘rsatishga chaqirdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Uning aytishicha, Turkiya Anqaradagi teraktdan keyin mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralarini kuchaytirgan.

Dovudo‘g‘lining qayd etishicha, "Kurdiston ishchilar partiyasi" Anqaradagi terakt uchun javobgarlikni Suriya kurdlarini nishondan olish uchun o‘z zimmasiga olgan.

Bundan oldinroq, AQSh prezidenti Barak Obama Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni Suriya shimolidagi jangarilarga qarata o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: