Turkiyalik harbiylar Suriyadagi turar joyni tankdan o‘qqa tutdi. Bu haqda kurd OAVlariga iqtibos keltirgan holda "Russkaya vesna" nashri xabar bermoqda.
"Turk tanki Afrin tumanining janubida joylashgan Hamam chegaraoldi qishlog‘ini o‘qqa tutdi", deb aytilmoqda xabarda.
O‘t ochish chegaradagi neytral polosadan, 100 metrdan kamroq masofadan olib borilgan.
Ta'kidlanishicha, turkiyalik harbiylar Suriya chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktini nishonga olgan, biroq kurdlar yashaydigan uyga tekkan. Jarohatlovchi bo‘laklarning tarqalishi oqibatida ikki kishi yaralangan va kontuziya bo‘lgan, yana bir kishining qo‘lini uzib borgan. Yana bir keksa ayol yurak xurujidan vafot etgan.