20 fevralda Germaniyaning Oberxauzen shahrida rossiyalik bokschi, WBA talqini bo‘yicha 76,2 kg gacha vazn toifasida jahon chempioni Fyodor Chudinov nemis bokschisi Feliks Shturmga 12 raund davom etgan jangni ochkolar bo‘yicha boy berdi.
Jang hakamlar qarori bilan, 115:113, 115:113, 114:114 hisobi bilan nemis sportchisining foydasiga hal qilindi.
Chudinovning menejyeri Umar Kremlev hakamlar qarori adolatsiz bo‘lganini va shu sababli bu qaror yuzasidan WBA bilan sudlashmoqchi ekanligini aytdi.
"Biz WBA ustidan sudga da'vo arizasi beramiz. Ular firibgarlar. Bu firibgarlik harakatlaridir, jangni pulga sotib yuborishgan... Bu endi sport emas, WBA sotib olingan", deb achchiqlanib gapirdi Kremlev.
Kremlevning ta'kidlashicha, boks uyushmasining bunday harakatlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Uning aytishicha, Chudinov uchrashuvning haqiqiy g‘olibi hisoblanadi, Shturm esa bazo‘r oyog‘ida turgan.