Pekin rahbariyati atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashish maqsadida kuchli shamollatgichlar (ventilyatorlar) maxsus tarmog‘ini ishlab chiqdi. Bu haqda 21 fevralda "Sinxua" agentligiga Pekin shaharsozlik qo‘mitasi boshlig‘i o‘rinbosari Van Fey bergan intervyuga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
"Shamollatgich yo‘laklari shahardagi havo iqimini kuchaytirishi mumkin, bu esa tutun va boshqa ifloslantiruvchi omillarni shahardan haydashga olib keladi", deb aytdi Fey. Bunda havo harorati shahar tashqarisidagidan yuqoriroq bo‘ladi.
Feyning aytishicha, tizimga 500 metrlik asosiy yo‘laklar va 80 metrlik bir nechta kichikroq yo‘laklar kiradi. Tarmoq shahar bog‘lari va suv havzalarini bir-biri bilan bog‘laydi hamda yashil hududlar va magistral yo‘llar bo‘ylab joylashtiriladi.
Tizimning qurilishi qat'iy nazorat ostida olib boriladi. Uning qurib bitirilishi muddatlari aytilmadi.
Xitoy poytaxti rahbariyati 2016 yilda atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashish uchun 2,5 mlrd dollar sarflamoqchi va shahardagi zaharli moddalar konsentratsiyasini 5 foizga kamaytirmoqchi. 2013 yildan 2015 yilgacha Pekindagi zaharli moddalar konsentratsiyasi 9,9 foizga kamaytirilgan.
Pekinda joriy yilda 3,5 mingta korxonani yopish rejalashtirilmoqda. Avvalgi 5 yil ichida 1006 ta zavod va fabrika, 228 ta bozor yopilgandi.
Havoning ifloslanishi Xitoy uchun katta muammo hisoblanadi: Berkeley Earth tadqiqot markazining ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoyda bu muammo sababli yiliga 4 mingdan ko‘proq odam vafot etadi. Havoning ifloslanishiga asosiy sabablardan biri avtomobillardan chiqadigan zaharli gazlar hisoblanadi.
Pekinda rekord darajadagi tutunlanganlik 2013 yilda qayd qilingandi. O‘shanda shahardagi havoning sofligi ko‘rsatkichi ifloslanganlikning eng yuqori darajasini, ya'ni 500 punktdan ko‘proqni ko‘rsatgan. Butun dunyo bo‘ylab osmono‘par binolarning qora tutun bilan qoplanib olgani sababli bazo‘r ko‘rinayotgani, tutunda qolgan yo‘llar va himoyalovchi niqoblar va respiratorlar taqib olgan odamlarning fotosuratlari va videolari tarqalgandi.
Kuchli tutunlanganlik sababli havoda zaharli moddalar konsentratsiyasi oshadi. Undagi zaharli moddalar odam organizmiga kirib, unda to‘planib, oxir-oqibat yurak-tomir tizimi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.