Turkiyadagi Anadolu axborot agentligining 3 nafar jurnalisti noma'lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. Agentlikdagilar bunda "Kurdiston ishchilar partiyasi" vakillaridan gumon qilishmoqda.
"Agentlikning 3 nafar xodimi 48 soatdan buyon dom-daraksiz ketgan. Ular noma'lum joyda saqlanmoqda", deyiladi Anadolu xabarida.
Manbaning yozishicha, bu o‘g‘irlik "Kurdiston ishchilar partiyasi" vakillari tomonidan sodir etilgan.