OAV: Malayziyada kema halokati sababli 15 kishi bedarak yo‘qoldi

Jahon 12:02 / 21.02.2016 1776

Malayziyaning shimoli-g‘arbida kemaning halokatga uchrashi sababli 15 kishi bedarak yo‘qoldi. Star gazetasining xabariga ko‘ra, voqea Malakka bo‘g‘ozidagi Langkavi arxipelagi yaqinida sodir bo‘lgan.

Shanba kuni kechasi qutqaruvchilarga baliq ovlovchi kema tomonidan halokat signali yuborilgan. Pulay Payyar orolining atrofi bo‘ylab 20 km masofaga yuborilgan patrul tomonidan qidiruv ishlari amalga oshirilgan. Lekin qidiruv ishlari yomon noqulay ob-havo sharoiti tufayli to‘xtatilgan.

Yakshanba tongida qutqaruv operatsiyasi yana davom ettirilgan, ammo mahalliy aholiga mansub 15 kishining taqdiri noaniqligicha qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: