Nevada shtati bo‘limida saylov taqdirini karta dastasi hal qildi

Jahon 10:31 / 21.02.2016 2657

Nevada shtatidagi demokratlarning boshlang‘ich saylovlar taqdiri karta qanday tushishiga qarab hal etildi. Bu haqda videoni saylov tashkilotchilari tarmoqqa joylashtirishgan.

Nevadada boshlang‘ich saylovlar kokus-majlisi shaklida o‘tkaziladi. Saylov ishtirokchilari qaysidir nomzodni saylash uchun, xonaning har xil burchaklariga borib turishadi. Har bir saylov uchastkasida ma'lum bir nomzodni emas, shartli birliklar tanlanadi. Keyinchalik bu birliklar Demokratlar s'yezdida partiya delegatlari ovozlariga hisoblanadi. 

Karson-siti uchastkasida Hillari Klinton va Berni Sandersga berilgan ovozlar teng bo‘lib chiqdi, lekin tashkilotchilar hali 11ta shartli belgilarni taqsimlashlari kerak edi. Shunda saylovlar taqdirini kartalarga ishonishdi. Karta dastasini 2 marta chiylashdi va saylovchilar bittadan karta tortishdi. Berni Sandersga yetti g‘ishtin, Hillari Klintonga esa to‘qqiz chillik tushdi. Klinton katta karta bilan yutuqqa erishdi.

Umumiy hisobda Klinton Nevada shtatida 52 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Sanders esa 48 foiz ovoz yig‘a olgan. Demokratlar partiyasi barcha delegatlarining ovozlari proporsiya tizimida taqsimlanadi, bu degani Klinton Sandersdan bor yo‘g‘i partiya s'yezdining bir necha delegatlarini yutib olgan.

Ko‘proq yangiliklar: