21 fevralda Ispaniya Primerasining 25-turida Madridning "Real" klubi mehmonda "Malaga" bilan uchrashdi. Zinedin Zidan shogirdlari 1-bo‘limda Krishtianu Ronalduning goli evaziga hisobni ochishdi. Ronaldu chempionatdagi o‘zining 22-golini kiritdi.
Shundan 3 daqiqa o‘tib, ya'ni 36-daqiqada portugaliyalik o‘yinchida penaltidan gol urib, dublni qayd qilish imkoniyati paydo bo‘ldi, biroq "Malaga" darvozaboni uning zarbasini qaytardi.
Tanaffusdan keyin "Malaga" hisobni tenglashtirdi: 66-daqiqada Raul Albentos "Real" darvozasini ishg‘ol qildi. Shundan keyin boshqa gollar bo‘lmadi va uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Bu o‘yinning natijasi chempionatda o‘tkazilgan 25 o‘yin natijasiga ko‘ra, "Real" "Barselona"dan 9 ochko ortda qolayotganini anglatadi, ya'ni "Real"da 53 ochko, "Barsa"da esa 63 ochko bor.
Madridning "Atletiko" jamoasi ham 53 ochko yiqqan, biroq "Real"dan bitta o‘yin kam o‘tkazgan.
"Malaga" ushbu durang evaziga bir pog‘onaga ko‘tarildi va 10-o‘rinni egallamoqda.
Ispaniya Primerasi. 25-tur
Malaga – Real Madrid – 1:1
Gollar: Ronaldu, 33 (0:1); Albentosa, 66 (1:1).
Amalga oshirilmagan penalti: Ronaldu, 36 (Real)
Shu kuni o‘tkazilgan yana bir uchrashuvda "Rayo Valekano" va "Sevilya" ham durang natija qayd qildi. Uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi.
Rayo Valekano – Sevilya – 2:2
Gollar: N'Zonzi, 10 (0:1); Iborra, 20 (0:2); Manushu, 43 (1:2); Fedor, 62 (2:2).