Franchesko Totti: Vaziyat o‘zgarmasa «Roma»da qola olmayman

Sport 10:12 / 21.02.2016 3057

«Roma» jamoasining ko‘p yillik sardori Franchesko Totti jamoani tark etishi mumkinligini aytdi. U o‘ziga o‘yin amaliyoti juda kam berilayotganidan va bosh murabbiy Luchano Spallettining o‘ziga ko‘rsatayotgan sovuq muomalasidan norozilik bildirdi.

«Men hozirgi vaziyat saqlanib qoladigan bo‘lsa «Roma»da qola olmayman. O‘yinlarni faqat zaxira o‘rindig‘ida o‘tirib kuzatish juda og‘riqli va alamli. Men to‘g‘ri tushunaman, mening yoshimda futbolchilar o‘yinlarga kamroq vaqtga tushirilishadi. Lekin men jamoa uchun qilgan xizmatlarimni inobatga olib, meni hurmat qilishlarini istayman», deydi 39 yoshli futbolchi.

«Men jarohatimdan tuzalganman. O‘zimni jismoniy jihatdan tetik sezyapman. O‘ynashni istayman. O‘yinlarga tushirilmayotgan ekanman, bu jamoaning taktik sxemalariga to‘g‘ri kelmay qolganimni ko‘rsatadi.

Bosh murabbiy Luchano Spaletti bilan munosabatimiz ertalab salom berish va kechqurun xayrlashishdan iborat xolos.

Mening jamoa bilan shartnomam shu yilning iyuniga qadar tuzilgan. Rahbariyatdan yangilik kutyapman. Men o‘zimga hurmat kutayapman», deydi Franchesko Totti Roma Radio efirida.

Totti YeChLning nimchorak finali doirasida «Real»ga qarshi bahsning oxirgi daqiqalarida maydonga tushirildi.

Futbolchi faoliyatini 1992 yilda «Roma»da boshlagan va shu vaqtgacha jamoa uchun 749 uchrashuvda maydonga tushgan.

Spaletti yanvar oyida «Roma» boshqaruvida Rudi Garsiyaning o‘rnini egalladi.

Ayni vaqtda rimliklar turnir jadvalida 25 turdan keyin 47 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: