Erdo‘g‘an Turkiyaning mamlakat tashqarisida terrorchilarga qarshi operatsiya o‘tkazishga huquqi borligini aytdi

Jahon 19:25 / 21.02.2016 7855

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyaning unga xavf soluvchi terrorchilarga qarshi xorijda operatsiya o‘tkazishga huquqi borligini aytdi, deb xabar bermoqda Hurriyet gazetasi.

"Turkiyaning Suriya va terrorchilik guruhlari joylashgan boshqa joylarda operatsiya o‘tkazishga to‘liq huquqi bor, chunki bu Turkiya oldida turgan xavflarga qarshi kurashishning bir qismidir", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘an bunday operatsiyalarning o‘tkazilishini "mustaqil ravishda o‘zining hududiy yaxlitligini ta'minlay olmaydigan davlatlarning suverenitetini buzish deb bo‘lmasligini" aytdi.

Bir hafta oldin turk armiyasi Suriya shimolida muholifat kuchlariga qarshi kurashayotgan kurd jangchilarini o‘qqa tuta boshladi. Anqaraning ta'kidlashicha, u faqatgina o‘t ochishlarga javoban qarshi o‘t ochish olib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: