YeI hududiga Liviyadan 150 ming qochqin o‘tishi kutilmoqda

Jahon 12:20 / 21.02.2016 1989

Germaniyadagilar qochqinlarning navbatdagi oqimidan xavfsiramoqda. Tripolidan "Bolqon yo‘nalishi" orqali 150 ming nafar atrofidagi liviyalik qochqinlar Yevropa Ittifoqi hududiga kiriishi kutilmoqda.

"Liviyadan 150 ming atrofidagi qochqin O‘rta Yer dengizidan suzib o‘tib, Yevropaga o‘tishga tayyorlanmoqda", deyiladi Bild am Sonntag nashri xabarida.

Germaniya IIV bu haqdagi xabarlarni katta tashvish bilan qarshilagan.

Nashrning qayd etishicha, 22 fevral kuni Germaniya hukumati Yevrokomissiyadan Shengen kelishuvi doirasidagi mamlakatlar o‘z chegaralarini qattiq nazorat qilishini ta'minlashni talab, rasman murojaat qilmoqchi.

"Migratsiya inqirozi faqat Germaniyaga zarar keltirishi adolatdan emas", deyilgan Germaniya IIV bayonotida.

Migratsiya ishlari bo‘yicha xalqaro tashkilot ma'lumotiga ko‘ra, 2016 yilning 26 kunida O‘rta Yer dengizi orqali 47 mingdan ortiq kishi Yevropaga o‘tgan. 2015 yil davomida YeI hududiga 1 million 11 ming 712 nafar qochqin kirib kelgani qayd etilgan.

NYT: AQSh samolyotlari IShIDning Liviyadagi bazalariga zarba berdi

Ko‘proq yangiliklar: