Braziliyada mast maymun bar mijozlariga pichoq bilan tashlandi

Jamiyat 18:09 / 21.02.2016 5871

Braziliyaning Teysheyra shahrida antiqa holat yuz berdi. Shahardagi mahalliy barlardan biriga Chiko laqabli kaputsin zotidagi maymun kirib, mijozlardan qolgan romni ichib mast bo‘lib qoldi.

Mast maymun bardagi pichoqni qo‘lga kiritib, erkaklar ortidan quvlay boshladi. Guvohlarning aytishicha, Chiko ayollarga hamla qilmagan. Mast maymunni tinchlantirish uchun o‘t o‘chiruvchilarni chaqirishga to‘g‘ri keldi. Maymunni tutib, qo‘riqxonaga olib borishgan, biroq bir necha kundan keyin u yana o‘sha barga qaytib borgan.

Mutaxassislar, maymun yon atrofdagilarga xavf soladi, degan qarorga kelib, uni Braziliya atrof-muhit institutiga topshirishgan. Endi bu yerda olimlar uni ozodlikka qo‘yish-qo‘ymaslikni hal qilishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: