Germaniya Bundesligasining 22-turidan o‘rin olgan "Bayyer" — "Borussiya" (Dortmund) uchrashuvining bosh hakami Feliks Tsvayyer o‘yinni 2-bo‘limda to‘xtatib qo‘yib, maydondan chiqib ketdi.
Bu voqea "Borussiya" "Bayyer" davozasiga gol kiritgandan keyin sodir bo‘ldi. Hakam "Bayyer" bosh murabbiyi Roger Shmidtni bahslashgani uchun maydondan chetlatdi.
48 yoshli mutaxassis texnik hududni tark etishdan bosh tortdi, bunga javoban hakamlar brigadasi tribunaosti xonasiga kirib ketdi. Shmidt maydonni tark etmaganini o‘zining chetlatilganini zaxira hakamidan emas, balki bosh hakamning shaxsan o‘zidan eshitishni istagani bilan tushuntirgan.
9 daqiqalik tanaffusdan keyin Shmidt zaxira o‘yinchilar o‘rindig‘ini tark etishga rozi bo‘ldi. Hakamlar shundan keyingina maydonga qaytganlar va uchrashuv davom ettirilgan. Uchrashuv 0:1 hisobida dortmundliklar foydasiga yakunlandi. Golni Per-Emerik Obameyang kiritdi.
Ta'kidlanishicha, stadionga uchrashuvni tomosha qilgani Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev tashrif buyurgan.