«Bavariya» muxlislari: «Darmshtadt», Pep hech qachon bizniki bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham»

Sport 14:08 / 21.02.2016 4776

Germaniya chempionatining 22 turi doirasida o‘tkazilgan «Bavariya» - «Darmshtadt» (3:1) uchrashuvi vaqtida mahalliy jamoa muxlislari tribunaga katta banner osishdi.

«Alyants Arena» stadioni tribunalaridan birida o‘yin vaqtida quyidagi yozuvlar bitilgan banner osig‘liq turdi: «Pep hech qachon bizniki bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham».

Sport1 nashri jurnalisti Kristian Ortleppning izoh bericha bu chempionatning birinchi davrasida «Darmshtadt»ga qarshi o‘tgan safar o‘yini vaqtida mahalliy jamoaning banneriga javob bo‘ldi.

O‘shanda «Darmshtadt» muxlislari «Unser Weed ist besser als euer Pep» yozuvli (tarjimasi «Bizning nasha sizning Pepingizdan yaxshiroqdir») banner ilishgandi.

Ispaniyalik murabbiyning ismi qisqartmasi «Pep» - nemischa jargonda amfetamin moddasi nomi bilan bir xil.

Qayd etilishicha, javob bannerida ham myunxenlik muxlislar bu so‘zni aynan shu ma'noda qo‘llashgan va bu banner orqali jamoani mavsum yakunida tark etib, «Manchester Siti» boshqaruviga boradigan Xosep Gvardiolaga nisbatan hurmatsizlik qilishmagan.

Ko‘proq yangiliklar: