20 fevral kuni Ispaniya chempionati 25-turida «Barselona» «Las-Palmas»ga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu muvaffaqiyatdan so‘ng, kataloniyaliklarning 2016 yildagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 15ta o‘yinga yetkazdi (13 g‘alaba va 2ta durang). Bu esa jamoa tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Shuningdek, kataloniyaliklarning mavsumdagi barcha musobaqalarni hisobga olgan holdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 32 o‘yindan iborat bo‘lib turibdi (26 g‘alaba va 6 durang).
So‘nggi bor Luis Enrike jamoasi 2015 yilning 3 oktabr kuni «Sevilya»ga (1:2) imkoniyatni boy bergandi.