Avtomobillarni smartfonda o‘t oldirish dasturi ishlab chiqildi

Fan-texnika 12:50 / 21.02.2016 8740

Samsung kompaniyasi va SAP nemis dasturchilari Seat Leon xetchbekini yangi funksiya bilan ta'minlashdi. Ya'ni ular avtomobilni masofadan turib mobil ilova ko‘magida o‘t oldirish dasturini ishlab chiqishdi. Valencia Noticias nashrining yozishicha, kompaniya bu loyiha—shou-karni MWC 2016 ko‘rgazmasida namoyish etishni reja qilgan.

Samsung va SAP texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan shou-kar loyihasi ko‘p imkoniyatlarga ega. Shu jumladan, kalitsiz, birgina smartfon va maxsus ilova ko‘magida masofadan turib o‘t oldirish— ulardan biri.

Ilova mashinani o‘t oldiribgina qolmay, tanish odamning avtomobilga kirishiga ham imkon beradi.

«Aqlli» Seat Leon avtomobil parklaridagi shlagbaumni ham barmoq izi yordamida ocha oladi.

Ilk bor Seat Leon Connect jamoatchilikka 22 fevral kuni Barselonada start oladigan Mobile World Congress 2016 ko‘rgazmasi doirasida namoyish etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: