AQSh Suriya shimolidagi tinch aholi orasidagi ko‘p sonli qurbonlar uchun javobgar, deb aytdi Suriya prezidenti Bashar Asad El Pais nashriga bergan intervyusida.
Asad Suriyada terrorchilarga qarshi kurashga to‘xtalib, "Rossiyaliklar fuqarolik obektlariga hujum qilgani haqida hech qanday isbot mavjud emas. Ular o‘z zarbalarini juda aniq va har doim faqatgina terrorchilar bazalari va pozitsiyalariga bermoqdalar", deb ta'kidlab o‘tdi Asad.
"Aksincha, amerikalar Suriya shimolida ko‘p sonli tinch aholini o‘ldirganlar", deb qo‘shimcha qildi Asad. "Hozirgacha Rossiya tomonidan tinch aholiga zarba berish bilan bog‘liq birorta ham ko‘ngilsiz voqea yuz bermadi, chunki rossiyaliklar tinch aholiga zarba bermaydi, ularning hujumlari asosan qishloq joylariga to‘g‘ri kelmoqda", deb aytdi Asad.