Afg‘onistonda amerikaliklarga tegishli dron halokatga uchradi

Jahon 15:05 / 21.02.2016 3418

Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatida AQSh harbiy-havo kuchlarining uchuvchisiz uchish qurilmasi qulab tushdi. Bu haqda AVS nashri xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, MQ-9 modelidagi bu qurilma Qandahordagi aviabaza hududida halokatga uchragan.

Amerikalik harbiylar bu dron urib tushirilmagani, balki texnik muammolar tufayli qulagani, qulash natijasida yerdagilar jarohat olmaganini qayd etgan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

Bundan oldinroq, AQSh hukumati mamlakatdagi "Tolibon" jangarilariga qarshi kurashni kengaytirish maqsadlarida hududdagi o‘z kontingentini kengaytirishi haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: