23-24 fevral kunlari Osiyo Chempionlar ligasi turnirining 1-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi ilk turni mehmonda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrini himoya qiluvchi “Al-Nasr” klubiga qarshi o‘tkazadi.
Toshkentliklar delegatsiyasi bugun, 21 fevral kuni tongida Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi.
“Al-Nasr” – “Bunyodkor” uchrashuvi 23 fevral kuni Ar-Riyoddagi “Qirol Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 22:15da boshlanadi.