Viskonsin-Medison universitetining muhandislari yurish orqali mobil telefonni quvvatlash imkonini beradigan krossovkani taqdim qilishdi.
Asosiy ixtirochilardan biri bo‘lgan professor Tom Krupenkinning so‘zlariga ko‘ra, insonning har bir qadami katta miqdordagi quvvat ishlab chiqaradi va uni elektroenergiyaga aylantirish mumkin.
So‘nggi tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, maxsus mexanizm o‘rnatilgan bir juft krossovka 20 Vt.gacha elektroenergiya ishlab chiqarishi mumkin. Bu istalgan gadjyet va smartfonni quvvatlash uchun yetarli.
Hozirda krossovkalar kontsept hisoblansa-da, kelajakda bunday oyoq kiyimlar sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Quyida krossovkaning qanday ishlashini ko‘rishingiz mumkin.