Rossiyalik ayol ukrainparast xabarlarni qayta chop etgani uchun 320 soatlik majburiy mehnat jazosiga tortildi

Jamiyat 19:32 / 20.02.2016 2946

Yekaterinburgda yashovchi Yekaterina Vologjyeninova 2014 yilda o‘zining kompyuteridan "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ekspertlar ekstremistik deb tan olgan bir necha suratlarni chop etgan. Bu haqda "Moskovskiy komsomolets" gazetasi xabar bermoqda.

Ayol ushbu harakati uchun sud oldida javob berishiga to‘g‘ri kelgan. Ayolga nisbatan ayb qo‘yilishiga sabab bo‘lgan suratlardan birida Vladimir Putinga o‘xshash, harbiy kiyimdagi erkak Donbass xaritasi ustidan xanjar tortayotganda uning qo‘lini surat chetidan chiqib turgan qo‘l to‘xtayotgani tasvirlangan hamda "Yaramasni to‘xtat" (Ostanovi zarazu) degan yozuv bo‘lgan. Yana bir suratda ukrainalik qiz tasvirlangan va "Moskvalik bosqinchilarga o‘lim" deb yozilgan. Bundan tashqari, Vologjyeninova Rossiyada taqiqlangan Ukrainaning "O‘ng sektor" yetakchisi Dmitriy Yarosh guruhidagi "Rossiyaliklar zaharlangan va nosog‘lom, ukrainaliklar esa erkin bo‘lgan, bor va bo‘ladi" degan matnni qayta chop etgan.

"Yekaterinburg Onlayn" nashri ma'lumotlariga ko‘ra, sud ayolning Putin ko‘rinishidagi harbiy suratini uning aybining isboti sifatida qabul qilmagan, chunki ayblovchilarning fikricha ayol bu harakati bilan haqorat qilgan "Zamonaviy Rossiya hokimiyati vakillari" ijtimoiy guruhini norasmiy deb topgan.

Natijada sud ayolni 320 soatlik majburiy ishlarga jalb qilinishi (kuniga 4 soatdan) jazo hukmini chiqardi. Bundan tashqari, sud haqami ayolga tegishli noutbuk va kompyuter sichqonchasi yo‘q qilinishi kerakligiga ko‘rsatma berdi.

Ura.ru ma'lumotlariga ko‘ra, ayol noutbukni kreditga sotib olgan va u yo‘q qilinishidan afsuslanishini hamda sud qarori ustidan sudga shikoyat qilishini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: