O‘zbek olimi Naberayev Firdavs stol usti mobil molberti uchun patent oldi.
U yaratgan mazkur qurilma tasvirlarni bajarish va eksponatsiya qilish uchun mo‘ljallangan.
Qurilmaning vazifasi vazni yengil, tayyorlanishi va qo‘llanishi sodda, yetarli darajada pishiq va mustahkam molbertni yaratish, taklif qilinayotgan qurilmaning yig‘ilgan holatida oson ko‘tarib yurilishi, ixchamligini ta'minlashdan iborat.
"Muallifga ushbu ixtiro uchun patent berildi", deb xabar beradi Intellektual mulk agentligi.