Mazda Motor kompaniyasi Takata xavfsizlik yostiqlarida aniqlangan nuqson tufayli o‘zining tuzatib berish uchun ortga qaytarib olinadigan avtomobillari miqdorini ma'lum qildi. Bu haqda Reyter agentligi Yaponiya avtokonserni ma'lumotiga asoslanib, xabar bergan.
Mazda tomonidan ma'lum qilinishicha, dunyo bo‘ylab jami 1,9 mln dona avtomobil ortga chaqiriladi. Qaytariladigan modellar orasida Bongo Van minveni, Titan yuk mashinasi (Mazda 6) va Atenza sedani bor. Bu modellar 2004 yildan 2006 yilgacha bo‘lgan muddat ichida ishlab chiqarilgan.
Nosozlik haydovchining xavfsizlik yostiqchasi nasosida aniqlangan. Ularning ehtiyot qismlari boshqasiga almashtiriladi, ammo ular hozirda yetishmayotganligi tufayli sozlash ishlari yozda boshlanadi. Qaytirib olingan barcha avtomobil egalari 60 kun ichida xabardor etiladi.
Bungacha 14 kompaniya (Honda, Volkswagen, General Motors, Toyota Motor Corp. va Nissan Motor Co. shular jumlasidan) jami 25 millionta avtomobilni 2008 yildan buyon ishlab chiqarilgan Takata xavfsizlik yostiqchalaridagi muammo tufayli qaytarib olgani ma'lum bo‘lgandi. Ushbu nosozlik kamida 10 ta o‘limli vaziyatga olib kelgani taxmin qilinadi.