Fransiyaning Pa-de-Kale departamenti hududning janubiy qismidagi lagerdan qochqinlar 23 fevralgacha ko‘chirilishi kerakligi bo‘yicha qaror qabul qildi.
"Shu muddatgacha lagerda qolgan qochqinlar ko‘chiriladi", deya xabar beradi hukumat rasmiylari.
Shundan keyin lagerning deyarli yarmini tashkil qiluvchi, janubiy qism buzib tashlanadi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra 800-100 nafar odam o‘z yashash joyini almashtirishi talab etiladi.
Qochqinlarning ko‘chirilishiga qarshi chiqqan inson huquqi himoyachilarining gapiga ko‘ra, buzib tashlanadigan hududda, 2 barobar ko‘p qochqinlar yashashadi.
Qochqinlarga maxsus jihozlangan uy-joy modullariga ko‘chishni taklif qilishmoqda. Hukumat ushbu uy-joylarga 25 mln yevro sarflagan.
Keyingi ikki yilda "Jungli" nomi bilan mashhur bo‘lgan Kaledagi lagerda qochqinlar soni bir necha barobar ko‘paygan.
Lager kichik shaharga aylanib ulgurgan. Lagerda do‘konlar, restoran, diniy muassasalar, hatto teatr ham bor.
Yanvar oyida, hukumat masjid va muhojirlar uchun qurilgan maktabni buzib tashlagani haqida xabar berilgandi.