Fiji orollari yaqinida bu yerni tark etayotgan "Uinston" to‘foni vaqtida 5,1 dan 5,8 magnitudagacha bo‘lgan uchta zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh geologik xizmati ma'lum qildi.
Bu yerda 5,8 magnitudali eng kuchli zilzila 20 fevralda Toshkent vaqti bilan 20:51 da, Ndoi orolidan 155 km uzoqlikda yuz berdi. Zilzila o‘chog‘i 579,4 km chuqurlikda bo‘lgan.
Bundan taxminan 20 daqiqa o‘tib, shu joyning o‘zida 5,2 magnitudali yana bitta zilzila qayd qilindi.
Bundan avvalroq 5,1 magnitudali zilzila Toshkent vaqti bilan 19:58 da qayd qilingandi. Zilzila markazi Ndoi orolidan 280 km uzoqlikda, o‘chog‘i 595,5 km chuqurlikda bo‘lgan.
Zilzila oqibatida vayronalar va jabrlanganlar haqida ma'lumot kelib tushmagan.
Avvalroq Fiji oroliga 5-xavf darajasi berilgan "Uinston" to‘foni yopirilgani ma'lum qilingandi. Rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan. Ayni vaqtda to‘fon oroldan uzoqlashmoqda. Hokimiyat mahalliy aholini suv toshqinlari bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.