Kickstarter saytida PWR Mate nomli brelok uchun mablag‘ yig‘ish boshlandi. Yangi gadjyet bir smartfon quvvatini boshqasiga o‘tkazish imkonini beradi.
Qurilma ikki Micro-B USB portiga ega bo‘lib, ular yordamida ikki OTG (On-The-Go) funksiyasiga ega Android-smartfon quvvat almasha oladi.
Ixtirochilar PWR Mate’ning portativ akkumulyatorlardan farqi – uni quvvatlab yurish shart emas va u doimo yoningizda bo‘ladi.
Taxminlarga ko‘ra, yangi qurilma 10 dollar narxda sotuvga chiqadi.